Intellektual bahslarda…

Date:

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.

Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yoshlar hamda mahalla vakillari turli yosh toifalarida o‘zaro intellektual bahslarda kuch sinashdi. Bellashuvlar ishtirokchilarning strategik fikrlashi, mantiqiy tahlil qilish va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etish uchun muhim maydonga aylandi.

Yakunlarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular respublika bosqichiga yo‘llanma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida intellektual sportni ommalashtirish va iqtidorli shaxmatchi hamda shashkachilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun