“Turun” jamoasi birinchi oʻrinda

Date:

Termiz shahrida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi. Mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, giyohvandlikka qarshi kurash, sog‘lom turmush tarzi va faol fuqarolik pozitsiyasini targ‘ib qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Turun” jamoasi egallab, 200 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tanlov yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib etish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun