Fedin taqdiri va ekologik meros masalasi jamoatchilik e’tiborida

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori yaqinida barpo etilgan noyob o‘rmon va uning asoschisi Aleksandr Fedin atrofidagi vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Shoir va jurnalist Fozil Farhod bu holatga e’tibor qaratib, jamoatchilikni Fedinning taqdiri va o‘rmonning kelajagi borasida befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fedin 1989-yilda qariyb 4 gektar tashlandiq yerda daraxt ekib, yillar davomida uni yirik yashil hududga aylantirgan. Keyinchalik bu maydon kengayib, o‘rmonzorda yuzlab daraxt va o‘nlab hayvon turlari shakllangan, ayrimlari esa “Qizil kitob”ga kiritilgan.

2025-yilda u “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan bo‘lsa-da, o‘sha yilning oktabrida hududdan chiqarilgani va bu holat uning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir qilgani aytilmoqda. Hozirda Fedin tibbiy kuzatuvda bo‘lib, unga zarur yordam ko‘rsatilayotgani bildirilgan.

Jamoatchilik muhokamalari ortidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Fedin tomonidan yaratilgan o‘rmonni saqlab qolish va uni jamoatchilik uchun ochiq ekologik parkka aylantirish bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, uni ish bilan ta’minlash va munosib yashash sharoiti yaratish rejalashtirilmoqda.

Mazkur holat bir tomondan inson mehnati va ekologik merosni asrash masalasini, ikkinchi tomondan esa tabiatni muhofaza qilishda inson omili va ijtimoiy adolatning naqadar muhim ekanini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...
KunTun
KunTun