Qonun ustuvorligi va halollik mezoni

Date:

Mamlakatimizda barcha sohalarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda davlat xizmatida halollik tamoyillarini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Termiz harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, adliya podpolkovnigi S. Ashrapov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Toxir To‘rayev hamda bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik  Bekmurod Maxmatqulov ishtirok etdi. Tadbirda Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish masalalari yuzasidan keng tushunchalar berildi.

So‘zga chiqqan mutasaddilar korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadigan illat ekanini alohida ta’kidladi. Shu bois, har bir xodim o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, qonun talablariga qat’iy rioya qilishi va har qanday noqonuniy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Tadbir davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar atroflicha javob qaytardi. Ayniqsa, xizmat faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarda qonuniy yo‘l tutish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda shaffoflikni ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi globallashuv davrida korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning, har bir davlat xizmatchisining burchi ekanligi tadbir ishtirokchilariga yana bir bor eslatildi. Zero, halollik va adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatda taraqqiyot, tinchlik va farovonlik barqaror bo‘ladi.

                                                                                                               Bekmurod Maxmatqulov,
viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i,
podpolkovnik 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun