Eksternat ta’lim – ikkinchi imkon

Date:

Eksternat ta’lim tizimi turli sabablarga ko‘ra maktabni o‘z vaqtida tamomlay olmagan fuqarolarga ta’lim olish huquqini tiklash va umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Bu esa ularning keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qishi hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida eksternat tartibidagi imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda 18 yoshdan oshgan, umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolar ishtirok etmoqda. Imtihonlarda jami 64 nafar fuqaro 9-sinf, 182 nafar fuqaro esa 11-sinfni tugallaganlik haqidagi hujjatni olish uchun o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Mazkur jarayon fuqarolarning konstitutsiyaviy ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning bilim va salohiyatini tasdiqlash hamda jamiyatda faol o‘rin egallashlari uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun