BMT minbarida O‘zbekiston

Date:

Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida O‘zbekiston ilk bor mazkur nufuzli tuzilma a’zosi sifatida qatnashdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatimizda odil sudlovni takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jinoyatchilik profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qildi.

Tashrif doirasida Avstriya va BMT rahbariyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, xavfsizlik, jinoyatchilikka qarshi kurash, parlamentlararo hamkorlik va demokratik islohotlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur ishtirok O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani hamda global xavfsizlik va adolat masalalaridagi tashabbuskor pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun