Ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda

Date:

Sariosiyo tumanidagi 82-maktabda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur markaz yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish, ularning qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Markazning asosiy afzalligi shundaki, o‘quvchilar qo‘shimcha ta’lim olish uchun tuman markaziga qatnab vaqt sarflamay, o‘z hududining o‘zida malakali ustozlardan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘quv markazida ingliz tili, ona tili va adabiyot, matematika, kimyo hamda biologiya fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, darslar tajribali pedagoglar tomonidan olib borilmoqda.

Tadbirda Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Tojiddin Oʻzbekov, mahalla nuroniylari, maktab jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, bunday markazlar yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun