“Yashil reyting” tizimi joriy etiladi

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish bugungi kunda barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekistonda davlat organlarining ekologik samaradorligini baholashga qaratilgan “yashil reyting” tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, vazirliklar va hokimliklar energiya tejamkorligi, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda ekologik talablarning bajarilishi bo‘yicha baholanadi. Reyting natijalarini Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi yuritib boradi hamda ular har yili jamoatchilikka ochiq e’lon qilinadi.

Shuningdek, davlat idoralarida “yashil ofis” tamoyillari keng joriy etilib, qog‘oz sarfini qisqartirish, elektron hujjat aylanishini rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur tizim davlat organlarining ekologik mas’uliyatini oshirish, energiya va resurslarni tejash hamda yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun