Sel suvlari endi iqtisodiy imkoniyatga aylantiriladi

Date:

O‘zbekistonda sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash hamda yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish maqsadida 2027-yildan boshlab 5 ta yangi sel-suv ombori quriladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladigan loyihalar orqali minglab gektar yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi hamda qo‘shimcha ekin maydonlari o‘zlashtiriladi.

Shuningdek, sel-suv omborlari atrofida turistik-rekreatsion zonalar tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish va yangi daromad manbalarini yaratish ham rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbus suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Davlatbek kuchli uchlikda

Jizzax viloyatida kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston...

TerDU talaba-qizlari IT tanlovida g‘olib

Termiz davlat universiteti talaba-qizlari “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi...

200 yillik sirni sun’iy intellekt olti soatda ochdi

200 yildan ortiq vaqt davomida o‘qib bo‘lmagan Napoleon Bonapartning...

Alp tog‘larida muzliklar rekord tezlikda erimoqda

Shveytsariya Alp tog‘laridagi muzliklar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan tezlikda...
KunTun
KunTun