Yoshlar sog‘lom hayot tarafdori

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi ma’naviy immunitetni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Unda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari teatr sahnalashtiruvi, insho, rasm hamda videorolik yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdi. Mazmunli va ijodiy chiqishlari bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga undash hamda jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun