Eng yaxshi xorijiy til maktablari aniqlandi

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor tobora kuchayib, har bir maktabda zamonaviy yondashuv va o‘ziga xos mahorat maktabi shakllanmoqda. Prezidentimiz sovrini uchun tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi esa ana shu bilim, tajriba va pedagogik salohiyatni amalda namoyon etish uchun muhim maydonga aylandi.

Surxondaryo viloyat bosqichida ishtirok etgan barcha maktab jamoalari xorijiy tillarni o‘qitish borasidagi ilg‘or tajribasi, o‘quvchilarning bilim salohiyati va ustozlarning fidokorona mehnatini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Denov tumanidagi 74-maktab — zamonaviy ta’lim metodlari va yuqori natijalari bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Termiz shahridagi 3-maktab — xorijiy tillarni o‘qitishdagi samarali tajribasi bilan 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Angor tumanidagi 15-maktab — o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun