Kann festivalida Gran-pri sohibi

Date:

Fransiyaning mashhur “Kann” kinofestivali doirasida o‘tkazilgan 17-xalqaro “ENTRE DEUX CANNES” inklyuziv kinofestivalida o‘zbekistonlik ijodkorlar yuksak natijaga erishdi. Rejissyor Dilshod Usmonovning “QADAM. QUYOSH BOLASI YUSUF” qisqa metrajli filmi festivalning oliy mukofoti — Gran-prini qo‘lga kiritdi.

Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasida suratga olingan bo‘lib, u inklyuziv jamiyat, inson qadri va ijtimoiy tenglik g‘oyalarini chuqur yoritadi.

Asarda bosh qahramon Yusuf — Daun sindromi bilan tug‘ilgan, biroq qalbida nur, musiqaga muhabbat va hayotga cheksiz ishonch yashaydigan bola sifatida tasvirlanadi. Uning onasi Zilola esa farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanini isbotlash yo‘lida kurashadi.

Mazkur filmning Gran-priga sazovor bo‘lishi o‘zbek kinematografiyasining xalqaro maydondagi yutuqlaridan biri bo‘lib, inklyuzivlik va insoniy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun