Bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda

Date:

Muzrabot tumanining Alpomish mahallasida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida keng ko‘lamli qurilish va infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, loyihalar ijrosini joyida o‘rgandi.

Loyiha doirasida 37-sonli maktab rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha o‘quv binosi, zamonaviy oshxona hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda. Shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlash, piyodalar yo‘laklari barpo etish, tungi yoritish tizimlarini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini yangilash ishlari ham olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Alpomish mahallasini rivojlantirish uchun 20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Ushbu loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sharoitlarini kengaytirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun