“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Date:

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi jangovar harakatlarda ishtirok etib, Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan serjant Muhiddin Eshtemirov xotirasiga bag‘ishlangan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha “Xotira turniri” yuqori saviyada tashkil etildi.

Turnirda Termiz shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol qatnashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jangovar mahoratini namoyish etdi. Bahslar davomida yosh qo‘l jangi ustalarining tezkor harakatlari, aniq zarbalari va himoyalanish usullari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ayrim ishtirokchilarning professional sportchilarga xos qat’iyat va iroda bilan harakat qilgani musobaqaga yanada shiddat bag‘ishladi.

Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki qahramonlar xotirasiga hurmat va ehtirom ramziga aylandi. Turnir davomida yoshlar uchun mardlik, fidoyilik va Vatanga sadoqatning haqiqiy namunasi yana bir bor yodga olindi.

Yakunda faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...

Jangovar shayligi mustahkamlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan...

Yangi loyihalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini...

Davlatbek kuchli uchlikda

Jizzax viloyatida kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston...
KunTun
KunTun