Qatag‘on qurbonlari oqlandi

Date:

Qatag‘on qurbonlari xotirasini tiklash va tarixiy haqiqatni qaror toptirish — xalqimizning ma’naviy xotirasini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodlar boshidan kechirgan sinovlarni xolis baholash esa adolat va inson qadrini ulug‘lashning yorqin ifodasidir.

Shu maqsadda Oliy sud tomonidan 1920–1934-yillarda sovet hokimiyatiga qarshi harakatlarda ayblangan 161 nafar vatandoshga oid jinoyat ishlari қайта ko‘rib chiqildi. Prezident farmoyishiga muvofiq amalga oshirilgan ushbu jarayonda Turkfront hamda O‘rta Osiyo davlat siyosiy boshqarmasi qarorlari asosida ayblangan shaxslar faoliyati ishchi guruh tomonidan chuqur o‘rganildi.

2026-yil 6-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxs oqlanib, tarixiy adolatni tiklash yo‘lida muhim qadam qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun