Mehr va ishonch bilan…

Date:

Jamiyatning mehr-e’tibori va g‘amxo‘rligi nogironligi bo‘lgan bolalarning hayotida muhim o‘rin tutadi. Ularni qo‘llab-quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorlash va jamiyatga moslashtirish insonparvarlikning eng yorqin ko‘rinishidir.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan “Muruvvat” uyida bugungi kunda 131 nafar aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola tarbiyalanmoqda. Bu yerda ular uchun tibbiy parvarish, reabilitatsiya hamda ijtimoiy moslashuv ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Bolalar qo‘l mehnati, tikuvchilik va oshpazlik kabi yo‘nalishlarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rib, hayotiy ko‘nikmalarni egallamoqda. Eng muhimi, ularda ertangi kunga ishonch va mustaqil hayotga intilish shakllanmoqda. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida ayrim bolalarning o‘z oilasi bag‘riga qaytayotgani esa bu ezgu ishlarning amaliy natijasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun