Mini futboldan shaxmatgacha…

Date:

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarda ommaviy sportni kengaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqasining viloyat bosqichi ochildi.

“Surxon arena” sport majmuasida boshlangan ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Xudoyberdiyevich so‘zga chiqib, musobaqaning maqsad va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqa doirasida mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z mahorati, tezkorligi va jamoaviy o‘yinlari bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yaxshi ishtirokchilar diplom, medal, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir viloyatda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun