Mehnat muhofazasi: ogohlik va mas’uliyat

Date:

Surxondaryo viloyati FVBda 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan keng ko‘lamli targ‘ibot, tushuntirish va amaliy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi doirasida tashkil etilib, unda viloyat boshqarmasi rahbariyati, mas’ul xodimlar, bo‘lim boshliqlari, soha mutaxassislari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda viloyat Kasaba uyushmalari vakili Oybek Xudoynazarov ham qatnashib, xodimlarning mehnat huquqlari, ijtimoiy himoyasi, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda ishlab chiqarish jarayonida xodimlar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil fikr bildirdi.

Tadbir davomida mehnatni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan islohotlar, meyoriy hujjatlar ijrosi, ish joylarida xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda baxtsiz hodisalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha yoritildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, xavfli omillarni oldindan aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, xizmat jarayonida intizom va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Amaliy qismda esa xodimlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Jumladan, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, himoya vositalarini kiyish va qo‘llash tartibi, evakuatsiya yo‘laklari orqali tezkor chiqish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘rgazmali treninglar tashkil etildi. Bu jarayon xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya etish, har bir xodimning o‘z hayoti va hamkasblari xavfsizligi uchun mas’uliyatni yanada oshirishi, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Zulfiya Sohibova

Surxondaryo viloyati FVB

Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi                        

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun