Sog‘lom hayot sari…

Date:

Denov tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va aholi jismoniy faolligini oshirish maqsadida ommaviy yugurish marafoni yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Anvar Normamatov, sport jamoalari, yoshlar hamda keng jamoatchilik faol qatnashdi.

Marafonga Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, sport maktabi hamda ta’lim muassasalari jamoalari jalb etildi. Harbiy orkestr va xizmatchilar chiqishlari esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Mazkur sport tadbiri nafaqat sog‘lom turmush tarzini keng yoyish, balki yoshlarni sportga jalb etish, jamiyatda birlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Natijalarga ko‘ra, Quvonch Ibodov marraga birinchi boʻlib yetib keldi. Faol ishtirokchi sifatida Dilnura Toshmurodova, yoshi ulug‘ qatnashchi sifatida Faxriddin Xudoyberdiyev taqdirlandi. G‘olib va sovrindorlar tuman hokimining esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun