45 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Date:

Oltinsoyliklarning ko‘p yillik, xususan 45 yillik orzusi amalga oshdi — tumanda yirik loyiha bo‘lgan “Eco Bozor” o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur zamonaviy savdo majmuasi aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash hamda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

“Eco Bozor”ning ishga tushirilishi nafaqat savdo infratuzilmasini yaxshilaydi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va hudud iqtisodiyotini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Endilikda aholi zamonaviy va qulay sharoitlarga ega bo‘lgan bozor xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun