Bepul yuridik maslahat markazi ish boshladi

Date:

Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Termiz davlat universiteti o‘rtasida yuridik kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan memorandum doirasida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat prokurori B. Babajanov va universitet rektori A. Toshqulov so‘zga chiqib, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan, sifatli ta’lim olish, xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasb-hunar egallash muhimligini alohida ta’kidladilar.

Shu kuni prokuratura va universitet hamkorligida tashkil etilgan “Bepul yuridik maslahat beruvchi Yoshlar markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur markaz orqali aholi, ayniqsa yoshlar, huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu tashabbus yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda adolat va qonuniylikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun