Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Date:

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib nishonlash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etiladi. Xususan, bayram kunlari Yangi Oʻzbekiston majmuasida xalq sayillari, madaniy-ma’naviy va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qarorga ko‘ra, “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” g‘oyasi asosida bayram dasturi ishlab chiqilib, uning ijrosi ta’minlanadi. Bu yilgi Navroʻz Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda nishonlanishi munosabati bilan “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi insonlar holidan xabar olish, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish tadbirlari ham tashkil etiladi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari, “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi hamda umumxalq hasharlari o‘tkazilishi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun