“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Date:

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib, unda yurtimizning boy an’analari, xalq og‘zaki ijodi va hunarmandchilik san’ati keng namoyish etilmoqda. Festival nafaqat madaniy merosni targ‘ib etish, balki Boysunning turizm salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Festival doirasida milliy xalq o‘yinlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, arqon tortish jamoaviylik va hamjihatlikni sinovdan o‘tkazsa, kuch sinashish bellashuvlari ishtirokchilarning jismoniy salohiyatini namoyon etmoqda. Oshiq o‘yini esa epchillik va chaqqonlikni talab qiluvchi qadimiy an’analarimizdan biri sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Milliy sportimiz — kurash esa haqiqiy mardlik va polvonlik timsoli sifatida festival ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.

E’tiborlisi, ushbu o‘yinlarda ishtirokchilar ko‘ngilli ravishda qatnashib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uni keng targ‘ib etishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun