Muammoli kreditlar nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar izchil davom etmoqda. “Agrobank” ATB Termiz filiali hamda Majburiy ijro byurosi hamkorligida hududlarda maxsus ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu guruhlar tarkibiga bank, majburiy ijro, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va tibbiyot muassasalari vakillari jalb etilib, jarayonlarning samaradorligi oshirilmoqda.

Navbatdagi tadbir Termiz tumanidagi bir qator mahallalarda o‘tkazilib, qarzdor fuqarolar bilan manzilli ishlash, qonunchilik asosida majburiy ijro choralarini qo‘llash orqali qarzdorliklarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday yondashuv hududlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, kredit intizomini mustahkamlash va iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun