Tadbirkorlik rivoji e’tiborda

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rajabova Shoira Nurmatovna Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Eskiqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar hamda aholini qiynayotgan muammolar bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Deputat fuqaro xonadonida tashkil etilgan 8 sotixli zamonaviy issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirib, uning nafaqat oila daromadini oshirish, balki ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Shuningdek, bank krediti asosida yo‘lga qo‘yilgan milliy pishiriqlar ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. Ushbu kichik korxona orqali bir necha xotin-qizlar ish bilan ta’minlangani qayd etildi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi. Mazkur tashrif mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun