3 ming oʻringa 300 nomzod

Date:

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbus doirasida Surxondaryoda ilk “Yoshlar kuni” keng ko‘lamli tadbirlar bilan boshlandi.

Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz davlat universiteti binosida “Yoshlar mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda 3 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ishga joylashish maqsadida 300 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.

Shuningdek, universitet hududida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali jamiyatda faol hamda raqobatbardosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xayrli tashabbuslar davom etmoqda

Qiziriq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman...

“IIB boği” yangi köçatlar bilan boyidi

Yurtimizda ekologik muhitni yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va tabiatga...

Yoshlar yetakchilari — Tokioda

Yoshlar bilan ishlashda, albatta, tashabbuskorlik, katta tajriba va bilim-salohiyatni...

INSON QADRI UCHUN…

Inson qachon qadr topadi? Qachonki, uning orzu va maqsadlari...
KunTun
KunTun