Turizm rivoji yo‘lida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan Termiz tumanida joylashgan Fayoztepa va Qoratepa tarixiy yodgorliklariga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash va hududni obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov ishlar holatini joyida ko‘zdan kechirib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda yashil hududlar tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, yo‘l yoqasidagi bog‘lar samaradorligini oshirish, hudud sharoitiga mos yangi bog‘zorlar barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Amalga oshirilayotgan ishlar tarixiy yodgorliklarga qulay va xavfsiz yetib borishni ta’minlab, hududning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun