“Biznes travel” loyihasi amalda

Date:

Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida tumanimizda o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida yoshlarni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan “Biznes travel” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha doirasida bitiruvchi maktab o‘quvchilari va ishsiz yoshlar sanoat korxonalariga tashrif buyurib, “Ochiq eshiklar kuni” formatida ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar hamda mavjud kasb va ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan mehnat sharoitlari va bandlik imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur amaliy tashrif yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashiga, mehnat bozoriga moslashuvini oshirishga hamda bandlikni ta’minlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun