Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Date:

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga tezkor hamda samarali javob berish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qutqaruvchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Sariosiyo tumanida yana bir muhim loyiha amalga oshirildi.

Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 17-yong‘in-qutqaruv qismi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I. Ikramov, Sariosiyo tumani hokimi O. Yaqubov, sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda soha faxriylari ishtirok etdilar.

Yangi qism binosi qutqaruvchilar faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha zamonaviy sharoitlar bilan to‘liq jihozlangan. Xususan, yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari, o‘quv minorasi, bugungi kun talablariga mos ma’naviyat va ma’rifat o‘quv xonalari, shinam oshxona, yuvinish xonalari hamda yotoqxona bunyod etilgan. Bu esa shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligini oshirish va xizmat samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladilar.

Mazkur yangi bino Sariosiyo tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, kelgusida ham sohada olib borilayotgan islohotlarning izchil davom etishiga mustahkam zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun