103 xizmati faoliyati raqamlarda

Date:

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu xizmat xodimlari tomonidan o’tgan yil davomida 3 298 nafar professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim, talaba-yoshlar va abituriyentlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Universitetda o‘tkazilgan barcha sport musobaqalari,  qabul jarayonidagi ijodiy va amaliy imtihonlarda ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida birinchi tez tibbiy yordam postlari tashkil etilib, jarohat olganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Darband o‘quv-amaliyot bazasida universitet va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari jalb etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari davomida 3 smenada tibbiy navbatchilik tashkil etilib, ishtirokchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 8-sentyabrdagi 200-sonli buyrug‘i asosida universitetda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi nazoratga olinib, ularning tibbiy daftarchalari belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmoqda va tibbiy punktda saqlanyapti.

2025-yilda universitet rahbariyati tomonidan birinchi tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 11 890 600 so‘m miqdorida dori-darmonlar xarid qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun