Yangi imkoniyatlar yaratiladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi davomida “Ko‘zichoqli” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida joylashgan “Sulton Steel” oilaviy korxonasida qandolatchilik va ko‘p tarmoqli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasiga start berildi. Ushbu tashabbus viloyat rahbarining avvalgi tavsiya va ko‘rsatmalari asosida amalga oshirilmoqda va tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Shuningdek, hokim “Za’faron” mahallasida barpo etilayotgan “Yoshlar texnoparki va savdo markazi” loyihasi bilan tanishdi, qurilish jarayonlari va kelgusidagi rejalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Tashrif davomida Denovni “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman”ga aylantirish dasturi doirasidagi turizm va xizmat ko‘rsatish loyihalari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbuslar hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yoshlar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun