Hokim o‘z daraxtini ekdi

Date:

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi tomonidan xayrli va istiqbolli tashabbus amalga oshirildi. Tadbirda Denov tumani hokimi Anvar Normamatov ishtirok etib, ushbu ezgu tashabbusning ahamiyati haqida to‘xtaldi va bog‘ning ilk daraxtlarini ekishda shaxsan qatnashdi. Shuningdek, jarayonda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faol xodimlar hamda g‘ayratli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bog‘ning tarkibi va ilmiy ahamiyati: Yangi barpo etilgan bog‘da manzarali va mevali daraxtlarning noyob turlari jamlandi. Xususan: hudud atrofini o‘rab turuvchi 3 qator archalar; mevali ko‘chatlar: olma, anor, anjir va behi; gullardan: hind sireni, atirgul, hamishabahor va lolalar ekilib, hudud haqiqiy bo‘stonga aylantirildi.

Aytish joizki, ushbu maydon kelajakda institutning biologiya yo‘nalishi talabalari uchun o‘ziga xos “Tajriba maydoni” vazifasini ham o‘taydi. Bu yerda yoshlar nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun