Maxsus jamg‘arma tashkil etildi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mazkur jamg‘arma maktablar, sport inshootlari va shifoxonalarni qurish, ta’mirlash hamda qayta qurish, shuningdek, ta’lim, sport va tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar, infratuzilma va texnika bilan ta’minlashni moliyalashtiradi.

Jamg‘armaga Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasidan 2 trillion so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, 2026-yil boshida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining bir qismi, shuningdek, ayrim vazirlik va idoralar jamg‘armalaridan qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Mazkur qaror Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan mahallalardagi muammolarni hal etish, mahalliy budjetlarni mustahkamlash va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida qabul qilindi. Ushbu choralar natijasida tumanlarga infratuzilma uchun qo‘shimcha 5 trillion so‘m ajratilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun