“Ikkinchi miya” davri boshlandimi?

Date:

CES 2026 xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasida SwitchBot kompaniyasi inson xotirasi va kundalik fikrlarini boshqarishda yangi bosqichni boshlab beruvchi MindClip nomli mini-diktofonni ommaga taqdim etdi. Mutaxassislar ushbu qurilmani ochiqchasiga “ikkinchi miya” deb atamoqda.

U oddiy ovoz yozish qurilmasi emas. Qurilma suhbatlarni yozib olib, sun’iy intellekt yordamida ularni tahlil qiladi, muhim jihatlarni ajratib, tizimlashtirilgan qaydlar ko‘rinishiga keltiradi. Natijada foydalanuvchi qo‘lda yozib o‘tirishga yoki eslab qolishga hojat sezmaydi.

Qurilmaning imkoniyatlari juda keng. U suhbatlar asosida xulosalar chiqarish, avtomatik eslatmalar yaratish, muhim “xotiralar”ni saqlab borish, fikr va g‘oyalarni hech qanday qo‘shimcha harakatsiz tartibga soladi.

Atigi 18 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan MindClip ixchamligi bilan ham e’tiborni tortadi. Eng e’tiborli jihatlaridan yana biri — u 100 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa qurilmani nafaqat biznes uchrashuvlarida, balki ta’lim, ijod va kundalik hayotda ham universal yordamchiga aylantiradi.

Texnologiya mutaxassislarining fikricha, MindClip inson xotirasiga tushadigan yukni kamaytirib, ma’lumotlarni boshqarish va tezkor qaror qabul qilish jarayonlarini yanada soddalashtirishi mumkin. Shu bois ushbu qurilma “ikkinchi miya” nomiga munosib innovatsiya sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun