Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, mehnat migratsiyasiga ketgan fuqarolarning farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur tashabbuslar doirasida bolalar o‘rtasida bepul profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan bolalarning umumiy sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi, ko‘rish va nafas olish tizimi holati hamda boshqa muhim tibbiy ko‘rsatkichlar batafsil tekshirildi.

Shuningdek, ota-onalar va bolalarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish hamda mavsumiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ushbu tadbir migratsiyada ishlayotgan ota-onalar farzandlarining sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish va ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun