Yangi imtiyoz – yangi imkoniyat

Date:

Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlar uchun qator muhim imtiyozlar joriy etiladi.

Xususan, mazkur toifaga mansub yoshlar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa yoshlarning harbiy xizmat bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali avtomoto transport haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi. Mazkur subsidiyalar haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi.

Ushbu imtiyozlar yoshlarni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan muhim tashabbus hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshiriladi

Sariosiyo tumanining "Anorzor" mahallasida “Madina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha...

2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...
KunTun
KunTun