Bayram tadbirlariga start berildi

Date:

Yangi yil nafasi tobora yaqinlashib kelayotgan ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bayram shukuhi hukmron. Viloyatning shahar va tumanlarida Yangi yil archalari qad rostlab, ularning atrofida rang-barang konsert dasturlari va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi amfiteatr maydonida o‘rnatilgan viloyatning asosiy bayram archasi yonida Yangi yil tadbirlariga rasman start berildi. Tadbir doirasida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bayram tadbirlarini yuqori saviyada, xavfsiz va tartibli o‘tkazish masalalari muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hududiy studiyalar orqali shahar va tumanlarda tashkil etilayotgan bayram tadbirlariga mas’ullar biriktirilib, aholiga chinakam bayram kayfiyatini ulashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bayram munosabati bilan viloyatning barcha hududlarida konsert dasturlari, ommaviy sayillar bilan birga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari ham faoliyatini kuchaytirmoqda. Bu esa aholining bayram dasturxoni va kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlarni barqaror narxlarda xarid qilishiga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyatida Yangi yil bayrami tadbirlari aholi uchun quvonch, shodlik va unutilmas lahzalarni tuhfa etishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun