Mega loyiha II bosqichda

Date:

Yurtimizda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi “To‘palang–Termiz” mega loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 35 ta mahallada istiqomat qiluvchi qariyb 135 ming nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Ikkinchi bosqich doirasida esa Oltinsoy va Bandixon tumanlarining 33 ta mahallasida yashovchi 86,4 ming nafar aholiga markazlashgan ichimlik suvi yetkazildi. Shuningdek, “To‘palang” magistralidan qo‘shimcha 200 metr quvur tortilib, “Xo‘jaipok” tarmog‘iga ulanayotgani Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor va Muzrabot tumanlaridagi 69 ta mahallada yashovchi 193 ming aholining suv ta’minotini sezilarli yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda Jarqo‘rg‘on tumanining Qo‘shtepa mahallasida joylashgan, Termiz shahri va Termiz tumani aholisi uchun mo‘ljallangan 10 ming kub metr sig‘imga ega suv saqlash inshooti qurilishi yakuniga yetdi. Hududda yana ikkita yirik suv ombori barpo etilmoqda. Ularning ishga tushirilishi natijasida Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlari aholisi ham to‘liq markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Umumiy 2 gektar maydonda qurilayotgan ushbu uchta zamonaviy inshoot jami 30 ming kub metr suv saqlash imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda barcha qurilish-montaj ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun