QR-kodsiz to‘lansa…

Date:

2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus QR-kodga ega bo‘lishlari shart. Endilikda oddiy karta o‘tkazmalari orqali to‘lov qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, quyidagi holatlar uchun jarimalar belgilanadi:

QR-kod bo‘lmasdan ishlash terminaldan foydalanmaslikka tenglashtiriladi va 5 million so‘m jarima solinadi;

Boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan QR-koddan foydalanish esa 20 million so‘m jarima bilan jazolanadi.

Mazkur o‘zgarishlar Soliq kodeksining 221-moddasiga kiritilgan bo‘lib, tadbirkorlar faoliyatida to‘lovlar shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Shu sababli YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga jarimalarning oldini olish uchun o‘z faoliyatida qonuniy rasmiylashtirilgan QR-koddan foydalanish tavsiya etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun