Tinim davrida ham tinim bilmay…

Date:

Surxondaryolik mirishkorlar qishki tinim davridan unumli foydalanib, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transport vositalarini saqlovga qo‘yish, kelgusi mavsumga tayyorlash maqsadida ta’mirlash, shuningdek, g‘allazorlarni parvarishlash hamda yer maydonlarini mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlarini davom ettirmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, klasterlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullarga fermerlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish, yer maydonlaridan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifalari belgilab berildi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida viloyat rahbari mazkur tumanlarda Yangi yil archasi hamda bayram munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, yong‘in va umumiy xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Shuningdek, aholi uchun zarur bo‘lgan, bayram dasturxoniga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda va yetarli miqdorda sotuvga chiqarishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun