Haydovchilar qayta imtihon topshirmaydi

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan fuqarolar yangi imtihon markazlarida majburiy va bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi haqida tarqalgan xabarlar rasmiy idoralar tomonidan inkor etildi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, bunday xabarlar asossiz bo‘lib, amaldagi qonunchilikda haydovchilarni majburiy qayta imtihondan o‘tkazishni nazarda tutuvchi hech qanday qaror yoki tartib mavjud emas.

Shuningdek, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021&yilgacha haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslar uchun hech qanday majburiy qayta imtihon talabi joriy etilmagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun