Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Date:

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tartibi tasdiqlandi. Yangi tizimga ko‘ra, bakalavriatning 2-kurs va undan yuqori bosqichida tahsil olayotgan talabalarning o‘qish uchun shartnoma to‘lovlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.

Buning evaziga talabalar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagach, buyurtmachi tashkilotlarda ish bilan ta’minlanadi. Buyurtmachi sifatida kamida 50 nafar xodimga ega yoki 1 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Talabalar har yili 20-sentyabrgacha elektron ariza topshiradi. Saralash jarayoni suhbat asosida 15-oktyabrgacha o‘tkazilib, bunda buyurtmachi tashkilot vakilining xulosasi asosiy mezon hisoblanadi. Shuningdek, talabalar joriy o‘quv yili uchun GPA ko‘rsatkichi kamida 3.0 bo‘lishi lozim.

Uch tomonlama shartnoma asosida o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar bitirishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun