Dastlab 5 yil, keyin muddatsiz

Date:

O‘zbekistonda sudyalik lavozimlariga tayinlash tizimi yangilanmoqda. Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Prezidentning PF–227-son Farmoni bilan sudyalarni saylash muddati qayta belgilandi. Endilikda sudyalar dastlab 5 yil muddatga, undan keyin esa muddatsiz davrga tayinlanadi. Bungacha amalda bo‘lgan 5 yillik ilk va 10 yillik navbatdagi muddatlar bekor qilindi.

Farmon sudyalar mustaqilligini kuchaytirish va sud-huquq tizimi shaffofligini ta’minlashga qaratilgan. Tumanlararo, tuman va shahar sudlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari endi sudyalar orasida ochiq tanlov asosida, aniq mezonlar bo‘yicha saralanadi.

Sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqat” va “sudyalik odobi”ga rioya qilish mezonlari qonun darajasida belgilanadi. Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi tarkibiga doimiy asosda ishlovchi sudyalarga nomzodlar faqat malaka hay’atlari tavsiyasi bilan ko‘rsatiladi. Bu lavozimga, qoida tariqasida, kamida 7 yil sudya bo‘lib faoliyat yuritgan mutaxassislar nomzod sifatida ilgari surilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun