Dastur ijrosi qay holatda?

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” mahallasi va Sho‘rchi tumanidagi “Obodon” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga baho berdi. Dastur mahallalarda turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tashrif davomida energiya ta’minoti, kommunal tarmoqlarni yangilash, ichki yo‘llarni asfaltlash, ko‘chalarni yoritish, sog‘lomlashtirish maskanlari va veloyo‘laklar qurilishi kabi yo‘nalishlardagi rejalar muhokama qilindi. Aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiluvchi loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Obodon” mahallasida 6,9 gektarda kooperatsiya asosida olib borilayotgan banan yetishtirish loyihasi o‘rganilib, 100 ta doimiy ish o‘rni yaratish va yiliga 550 tonna hosil yetishtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun