Ekologik intizom kuchaytiriladi

Date:

Prezidentning 19-noyabr kuni qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarga daraxt va butalarni kesish yoki ko‘chirishga ruxsat beruvchi har qanday hujjatni chiqarish qat’iyan taqiqlandi.

Shuningdek, tabiatga zarar yetkazganlik uchun kompensatsiya to‘lovlaridan berilgan barcha imtiyozlar bekor qilindi. Endi ekologik talablarni chetlab o‘tishga oid istisnolar berish, jumladan, ekologik ekspertiza xulosalarini imtiyozli tartibda rasmiylashtirish ham man etiladi.

2026-yil 1-martdan boshlab kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish bo‘yicha barcha amaldagi hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotadi, imtiyozlar esa faqat qonun bilan belgilanishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror daraxtlarni muhofaza qilish va ekologik tartib-intizomni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun