Bo‘sh binodan unumli foydalanib…

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Afrosiyob” mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, ta’lim bo‘limi mas’ullari, ota-onalar, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bog‘chada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashkilot 94-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida qayta tashkil etilib, 38-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi.

140 o‘rinli zamonaviy bog‘chada oshxona, musiqa zali, bolalar o‘yin maydonchalari, mashg‘ulotlar uchun tashqi ayvonlar va bolalar rivoji uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Ushbu yangi ta’lim maskani tumandagi bolajonlar uchun munosib va qulay tarbiya muhitini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...

Tizim takomillashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan...

Elshoddan yuqori natija

Adegiya Respublikasining Maykop shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida...
KunTun
KunTun