Shaxsni roziligisiz suratga olish taqiqlanadi

Date:

2025-yil 9-oktyabrdan boshlab shaxsni uning roziligisiz suratga yoki videoga olish mumkin emas. Ammo qonunda belgilangan ayrim holatlar bundan mustasno: Qidiruvdagi shaxsni aniqlash;

Jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv;

Davlat organlarining xizmat faoliyati;

Qonunbuzarlik haqida xabar berish;

Davlat xizmatchilarini xizmat paytida tasvirga olish; Jamoat joylarida umumiy jarayonlarni aks ettirish; Ochiq manbadagi tasvirlardan foydalanish (tijoratdan tashqari);

Shaxs haq evaziga tushgan surat/video faqat kelishilgan maqsadda ishlatilishi kerak.

Muhim shartlar:

Videokuzatuv o‘rnatilgan joylarda ogohlantiruv belgisi bo‘lishi shart;

Dush, hojatxona, kiyinish xonasi kabi joylarda videokuzatuv qat’iyan taqiqlanadi;

Shaxsiy yoki oilaviy sirni yashirin yozib olish — ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Agar shaxs tasvirdan kelishilmagan maqsadda foydalanilganini aniqlasa — u roziligini bekor qilish, tasvirni yo‘q qilish va tovon talab qilish huquqiga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun