Olis tog‘li hududlar e’tibordan chetda emas

Date:

Chekka hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va tizimli hal etish davlat rahbariyati oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘. Xo‘jamqulov va Soliq inspeksiyasi rahbari Sh. Qosimov bilan birgalikda tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikdagi tog‘li “Karsh” mahallasida bo‘lib, mahalliy aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tashrif davomida homiylik asosida yangitdan qurilgan Karsh mahalla tibbiyot punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tibbiyot muassasasi aholining birlamchi sog‘liqni saqlash xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Tuman rahbari va nuroniylar yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tibbiyot xodimlariga faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shuningdek, “Karsh” va “Shabnam” mahallalari hamda Vochax qishlog‘i aholisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda fuqarolar yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash kabi dolzarb masalalarni ko‘tarishdi. Har bir murojaat alohida qayd etilib, mas’ul mutasaddilarga aniq ijro muddati bilan vazifalar yuklatildi. Muammolarni hal qilish bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlar hokimiyat nazoratiga olindi.

Ushbu tashrif chekka hududlar aholisi muammolari befarq qolmasligini, ular bilan bevosita muloqot orqali dolzarb masalalarga yechim topilayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun