Ssuda asosida…

Date:

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanda bo‘lib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida dastlab “Zevar” mahallasidagi “Xo‘jaipok” oilaviy shifokorlik punktida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘ining aholini ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va kelgusidagi rejalarga doir axboroti tinglandi. Shu bilan birga, xonadonlarda amalga oshirilayotgan gilam to‘qish loyihalari va tomorqalardan samarali foydalanish tajribalari o‘rganildi.

O‘rganish ishlari “Zevar” mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida davom etdi. Maktab hovlisida ishsiz fuqarolarga ssuda asosida o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Tadbir doirasida mas’ullar tomonidan aholini kasb-hunarga o‘qitish va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, ushbu maktabda tashkil etilgan tikuvchilik kurslari faoliyati bilan tanishildi.

Viloyat hokimi hudud imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda aholi farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun