Yoshlarning quvonchi cheksiz

Date:

Yurtimizda Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sherobod tumanida ham bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qaroriga asosan 2025-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida Sherobod tumanining “Gurjak-1” mahallasida joylashgan 5-son maktab kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy 360 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurildi hamda mavjud 520 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Loyihani pudratchi tashkilot — “FARRUX ERKIN O‘G‘LI” xususiy korxonasi tomonidan 7 milliard 200 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan holda sifatli yakunlab, ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu yangilangan maktablar yoshlarimizning zamonaviy sharoitlarda ta’lim olishi, bilim va salohiyatini yanada oshirishida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Oldingi sahifaOr
Keyingi sahifaFutbol akademiyasi foydalanishga shay

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun